«Manchester Yunayted» Maykl Karrikni hozircha iste’foga chiqarmaydi
Ayni paytda Angliya klubi juda omadsiz seriyani boshdan kechirmoqda.
Futbol
Фото: Getty Images
Angliya Premyer-ligasining 9-turi doirasida «Manchester Yunayted» safarda Londonning «Chelsi» klubiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Insayder Aleks Krukning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» rahbariyati bosh murabbiy Maykl Karrikni hozircha iste’foga chiqarmaslikka qaror qilgan. Manchesterliklar mutaxassis vaziyatni o‘nglay olishiga ishonmoqda.
Shu tariqa, Karrik «Manchester Yunayted»ni Chempionlar ligasi umumiy bosqichidan o‘rin olgan «Roma»ga qarshi bo‘lajak uchrashuvda ham boshqarib boradi.
Ayni paytda Angliya klubi juda omadsiz seriyani boshdan kechirmoqda. «Manchester Yunayted» so‘nggi to‘qqizta uchrashuvning oltitasida mag‘lub bo‘lgan va uch marta durang qayd etgan.