«Manchester Yunayted» 53 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etdi
Angliya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan bahsda «Manchester Yunayted» Londonning «Chelsi» klubi mehmoni bo‘ldi. Maykl Karrik shogirdlari ushbu uchrashuvda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Sky Sport News ma’lumotlariga ko‘ra, «qizil iblislar» 1973-yildan beri ilk bor chempionatdagi dastlabki yettita safar uchrashuvining birortasida ham g‘alaba qozona olmadi.
1973/74-yilgi mavsumda ham manchesterliklar safarda omadsiz ishtirok etishgan. O‘shanda jamoa chempionatni 21-o‘rinda yakunlab, elita divizionini tark etgan.
Joriy mavsumda «Manchester Yunayted» safarda yettita uchrashuv o‘tkazdi. Ularning uchtasida durang qayd etilgan bo‘lsa, to‘rttasida mag‘lubiyatga uchragan.
Ayni vaqtda jamoa Angliya Premyer-ligasi jadvalida atigi 18-o‘rinni egallab turibdi.