locale OZ

«Liverpul» «Fenerbahche» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 18 million yevroga baholagan.
Futbol
«Liverpul» «Fenerbahche» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«Liverpul» «Fenerbahche»ning chap qanot himoyachisi Archi Braunni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

24 yoshli futbolchi yaqinda Chempionlar ligasi doirasida «Liverpul»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ajoyib o‘yin namoyish etdi. Istanbulliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan bahsda angliyalik himoyachi bitta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Transfer News Live nashrining TEAMtalk ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Braunning ushbu uchrashuvdagi harakatlari «Liverpul» vakillarida katta taassurot qoldirgan va mersisaydliklarning unga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirgan.

Futbolchining o‘yinlarini «Manchester Yunayted» hamda APLning boshqa bir qator klublari ham kuzatib bormoqda. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 18 million yevroga baholagan. Braunning o‘zi ham faoliyatini Angliyada davom ettirishga qarshi emas.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting