locale OZ

“Nyukasl” futbolchisi kamon va o‘qlar bilan yurgani uchun politsiya tomonidan to‘xtatildi

Voqea 4-noyabr kuni Nortumberlend hududida yuz bergan.
Futbol
“Nyukasl” futbolchisi kamon va o‘qlar bilan yurgani uchun politsiya tomonidan to‘xtatildi
Foto: Getty Images

Angliyaning “Nyukasl” klubi himoyachisi Amar Dedich Buyuk Britaniyada politsiya tekshiruviga duch keldi. Futbolchi va uning hamrohi kamon hamda o‘qlar bilan yurgani haqida xabar kelib tushganidan so‘ng huquq-tartibot idoralari aralashgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, voqea 4-noyabr kuni Nortumberlend hududida yuz bergan. Mahalliy fuqaro suv ombori yaqinida kamon va o‘qlar ko‘tarib yurgan ikki kishini ko‘rib, politsiyaga murojaat qilgan. Shundan so‘ng voqea joyiga bir nechta patrul avtomobili, jumladan qurollangan politsiya xodimlari yuborilgan.

Keyinchalik Dedich va uning hamrohi Darras-Holl hududida avtomobilda ketayotganida to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida kamon va o‘qlar olib qo‘yilgan. Politsiya dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu jihozlar ko‘ngilochar maqsadda foydalanilganini va jamoatchilik uchun xavf aniqlanmaganini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan tekshiruv davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli bosniyalik himoyachi 2026-yil yozida Portugaliyaning “Benfika” klubidan “Nyukasl”ga o‘tgan. Uning transferi taxminan 30 million funt sterlingga baholangan. Xabarlarga ko‘ra, klub futbolchiga nisbatan intizomiy chora qo‘llashni rejalashtirmayapti.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting