locale OZ

Portugaliya milliy jamoasining yangi sardori kimligi ma’lum bo‘ldi

Silva milliy jamoa safida 115 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Futbol
Portugaliya milliy jamoasining yangi sardori kimligi ma’lum bo‘ldi
photo: gettyimages

Portugaliya milliy jamoasining yangi sardori yarimhimoyachi Bernardo Silva bo‘ladi. Bu haqda Notícias ao Minuto nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng 32 yoshli Silva Portugaliyaning yangi sardoriga aylandi. U milliy jamoa safida 115 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Sardorlar ro‘yxatida undan keyin Bruno Fernandes (97 ta o‘yin) va Ruben Dias (84 ta o‘yin) turibdi.

Sardorlar safidagi navbatdagi futbolchi esa himoyachi Joau Kanselu bo‘lib, u Portugaliya milliy jamoasi libosida 77 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Ronaldu Portugaliya libosida 234 ta uchrashuv o‘tkazib, 146 ta gol urgan. Bu milliy jamoalar safida urilgan gollar bo‘yicha jahon rekordi hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting