locale OZ

YECHL. «Liverpul» Istanbulda «Fenerbahche»ga yutqazib qo‘ydi

Turkiya klubi kambek evaziga mersisaydliklarni yengishga muvaffaq bo‘ldi.
Futbol
YECHL. «Liverpul» Istanbulda «Fenerbahche»ga yutqazib qo‘ydi
photo: gettyimages
Chempionlar ligasi
04.11.2026, Yak.
Fenerbahche
3
Liverpul
2

«Liverpul» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 4-turida Turkiyaning «Fenerbaxche» klubiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mehmonlar 25-daqiqada 19 yoshli Trey Nonining goli evaziga hisobni ochishdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, «Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Meyson Grinvud muvozanatni tikladi.

69-daqiqada Aleksander Isak «Liverpul»ni yana oldinga olib chiqdi. Biroq 73-daqiqada Archi Braun hisobni tenglashtirdi.

79-daqiqada Vedat Muriki hal qiluvchi golni kiritib, «Fenerbaxche»ga 3:2 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting