locale OZ

«Liverpul» Valverde uchun 100 million yevro taklif qilmoqchi

Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.
Futbol
«Liverpul» Valverde uchun 100 million yevro taklif qilmoqchi
Photo: Getty Images

«Liverpul» «Real» yarim himoyachisi Federiko Valverdeni transfer qilish uchun yirik taklif tayyorlamoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar urugvaylik futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilishni rejalashtirgan. «Liverpul» rahbariyati Valverdeni Aleksis Mak Allisterning o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda. Argentinalik yarim himoyachining «Enfild»dagi kelajagi esa hozircha noaniqligicha qolmoqda.

Biroq «Liverpul»ning jiddiy qiziqishiga qaramay, «Real» Valverdeni qo‘yib yuborishi dargumon. Urugvaylik futbolchi Joze Mourinyo jamoasida muhim o‘rin tutadi.

Shuningdek, xabarda ta’kidlanishicha, «Liverpul» yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun «Monako» futbolchisi Lamin Kamara nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda. Ayni paytda aynan ushbu transfer varianti amalga oshishi ehtimoli yuqoriroq deb baholanmoqda.

28 yoshli Valverde joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol va ikki golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting