Kuyt: «Bu uchrashuvning sarlavhasi — Istanbul mo‘jizasi»
«Fenerbahche» bosh murabbiyi Dirk Kuyt Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi uy uchrashuvidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Istanbulliklar «qizillar»ni 3:2 hisobida mag‘lub etishdi.
«Bu uchrashuv uchun eng munosib sarlavha — «Istanbul mo‘jizasi». «Liverpul» safida to‘p surgan paytimda bir muhim qoidani o‘zlashtirganman: hech qachon taslim bo‘lmaslik kerak. Jamoada ishonch bo‘lsa, u har qanday raqibni mag‘lub eta oladi.
Ushbu uchrashuv oldidan futbolchilarga «Liverpul»ning «Milan»ga qarshi Chempionlar ligasi finalida amalga oshirgan kambekini eslatdim. O‘shanda inglizlarning g‘alaba qozonishiga ko‘pchilik ishonmagan edi. Men futbolchilarga mo‘jiza yaratishimiz kerakligini aytdim», — deya niderlandiyalik mutaxassisning so‘zlarini Fanatik nashri keltirmoqda.
«Fenerbahche» Chempionlar ligasidagi keyingi uchrashuvini 25 noyabr kuni Ukrainaning «Shaxtyor» klubiga qarshi o‘tkazadi.