locale OZ

Messi ketganidan so‘ng Argentina terma jamoasining 10-raqami egasiz qoladi

Afsonaviy hujumchining raqami noyabr oyidagi xalqaro uchrashuvlarda foydalanilmaydi.
Futbol
Messi ketganidan so‘ng Argentina terma jamoasining 10-raqami egasiz qoladi
Foto: Getty Images

Argentina milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi Lionel Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin uning 10-raqamli futbolkasini vaqtincha boshqa futbolchiga bermaslikka qaror qildi. Afsonaviy hujumchining raqami noyabr oyidagi xalqaro uchrashuvlarda foydalanilmaydi. Bu haqda TyC Sports nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Argentina terma jamoasi 13-noyabr kuni Urugvayga, 17-noyabrda esa Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi. Bosh murabbiy Lionel Skaloni mazkur bahslarda 10-raqamni hech bir futbolchiga bermaslikni ma’qul ko‘rgan. Ushbu raqamning yangi egasi 2027-yilda aniqlanishi mumkin.

Messidan keyin 10-raqamni kim egallashi borasida bir nechta nomzodlar muhokama qilinmoqda. Ular orasida Italiyaning “Komo” klubida to‘p tepayotgan Niko Pas asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Shuningdek, Aleksis Makallister, Enso Fernandes va Franko Mastantuono ham ehtimoliy nomzodlar qatorida tilga olinmoqda.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi Argentina terma jamoasida qariyb yigirma yil davomida 10-raqam ostida harakat qilgan. U milliy jamoa bilan 2022-yilgi jahon chempionati hamda 2021 va 2024-yillardagi Amerika Kubogida g‘olib chiqqan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting