locale OZ

La Liga. Ferminning dubli «Barsa»ga «Atletiko» ustidan irodali g‘alaba keltirdi

Flik jamoasi FIFA kunlariga yetakchi sifatida — 3 ochkolik farq bilan yo‘l oldi.
Futbol
La Liga. Ferminning dubli «Barsa»ga «Atletiko» ustidan irodali g‘alaba keltirdi
photo: gettyimages
Ispaniya La Ligasi
08.11.2026, Yak.
Atletico Madrid
1
Barselona
2

Ispaniya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Barselona» Madridda «Atletiko» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Simeonening tezkor goliga Fermin dubli bilan javob berdi.

Flik jamoasi ochkolarini 33 taga yetkazib, FIFA kunlariga peshqadam sifatida yo‘l oldi. «Real» 30 ochko bilan 2-o‘rinda. 28 ochkosi bor «Atletiko» esa 3-pog‘onaga tushdi.

La Liga. 12-tur
Atletiko — Barselona 1:2
8 noyabr, «Metropolitano»
Gollar:
Simeone (10) — Fermin (45, 66).
Atletiko — Oblak, Lorente, Pubil, Hansko, Grimaldo, Barrios (Devid, 78), Koke (Hyulmann, 72), Baena (Kardoso, 72), Simeone, Li Kang (Syorlot, 60), Alvares.
Barselona — Joan Garsiya, Farinas (de Yong, 46), Kubarsi, Martin, Kanselu (Kristensen, 60), Bernal (Erik Garsiya, 74), Pedri, Fermin (Gavi, 74), Yamal, Gordon (Adeyemi, 86), Rafinya.
Ogohlantirishlar: Baena (43), Bernal (74), Lorente (87), Pubil (88).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting