locale OZ

«Barselona» Rafinya bilan shartnomani 2030 yilga qadar uzaytirdi

Rafinya 2022 yilning yozidan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Futbol
«Barselona» Rafinya bilan shartnomani 2030 yilga qadar uzaytirdi
Фото: Getty Images

«Barselona» braziliyalik hujumchi Rafinya Dias bilan shartnomani 2030 yil 30 iyuniga qadar uzaytirishini rasman e’lon qildi.

Yangi bitimni imzolash marosimi 5 noyabr, payshanba kuni klub prezidenti Joan Laportaning ish xonasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kataloniyaliklar klubining rasmiy sayti xabar berdi.

Marosimdan so‘ng futbolchi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatlashadi.

Rafinya 2022 yilning yozidan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan edi.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 10 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol urdi va sheriklariga 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting