La Liga. «Betis» Antonining dubli evaziga «Malyorka»ni magʻlub etdi
Ispaniya La Ligasining 11-turidan oʻrin olgan bahsda «Betis» oʻz maydonida «Malyorka»ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda Antoni dubl qayd etdi, shuningdek, Ezzalzulining goliga ham assistentlik qildi.
Shu tariqa, «Betis» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 19 taga yetkazib, turnir jadvalida 5-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Malyorka» esa 9 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
La Liga. 11-tur
«Betis» — «Malyorka» 3:0
Gollar: Antoni (10, 34), Ezzalzuli (37).
Betis — Valles, Bellerin, Bartra, Natan, Rodriges (Gomes, 46), Amrabat, Fornals (Roka, 69), Antoni (Garsiya, 83), Lo Chelso (Deossa, 77), Ezzalzuli (Ruibal, 69), Kucho.
Malyorka — Bergstrem, Maffeo, Valent, Raillo, Moxika, Morlanes (Maskarel, 64), Koshta, Jozef (Asano, 64), Virjili (Liabres, 79), Darder (Torre, 64), Muriki (Prats, 79).