«MYu», «Chelsi» va «Liverpul» «Ayntraxt» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Bu haqda fussball_news nashri xabar bermoqda.
Futbol
Фото: Getty Images
«Ayntraxt» markaziy himoyachisi Nnamdi Kollinz faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda fussball_news nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Liverpul» klublari jiddiy manfaatdor. Biroq hozircha ushbu uch klubning birortasi ham futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy muzokaralarga kirishmagan.
«Ayntraxt» esa qishki transferlar oynasida nemis futbolchisini sotishni rejalashtirmayapti. Shunga qaramay, klub 35 million yevrodan yuqori takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.
Kollinz joriy mavsumda barcha musobaqalarda 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi va natijali harakatlari bilan ajralib turmadi.