Karrager «Liverpul» rahbariyatini tanqid qildi
Taniqli sobiq futbolchi Jeymi Karrager Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida «Fenerbahche»ga qarshi kechgan uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng «Liverpul» o‘yinini tanqid qildi.
Andoni Iraola shogirdlari uchrashuv davomida ikki marta hisobda oldinga chiqishgan bo‘lsa-da, Turkiyadagi bahsda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. «Qizillar» 73 va 79-daqiqalarda o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishdi.
««Liverpul»ning tarkibi juda qimmat, ammo jamoa o‘zidan kutilayotgan o‘yinni namoyish eta olmayapti. Ularda muvozanat yetishmayapti. Meni murabbiyning ishidan ko‘ra, klub boshqaruvi ko‘proq tashvishga solmoqda.
Rio Ngumoha va Tre Nyon bu uchrashuvda jamoaning eng yaxshi futbolchilari bo‘lishdi. Ammo ular ham «Liverpul» katta mablag‘ sarflab, kuchaytirishga harakat qilgan pozitsiyalarda o‘ynashadi. Bu esa pullar oqilona sarflanmaganini ko‘rsatadi», — deya Karragerning so‘zlarini CentreGoals nashri keltirmoqda.
«Liverpul» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4 ta turidan so‘ng 9 ochko jamg‘argan.