Bellingham: «Kambek qilish — bizning mentalitetimizda bor»
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jude Bellingham Chempionlar ligasi umumiy bosqichidan o‘rin olgan Gretsiyaning AEK jamoasiga qarshi safardagi uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. «Qirollik klubi» bahsda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
«Bu og‘ir kechgan uchrashuv bo‘ldi va biz uchun juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. «Real» yana bir bor kambek qayd etdi. Bu bizning mentalitetimizga xos xususiyat. Keyingi o‘yinlarda ham shu ruhni saqlab qolishimiz kerak.
Valensiyaga ajoyib kayfiyatda yo‘l olamiz va u yerda ham g‘alaba qozonishga umid qilyapmiz», — deya angliyalik futbolchining so‘zlarini «Real» klubi matbuot xizmati keltirmoqda.
Ispaniya chempionati doirasidagi «Valensiya» — «Real» uchrashuvi 7 noyabr, shanba kuni «Mestalla» stadionida bo‘lib o‘tadi.