YECHL. «Arsenal» mehmonda «Slaviya»ni yengdi
Yevropa Chempionlar Ligasi 4-turida «Arsenal» Pragada «Slaviya»ga qarshi bellashdi. Unda «to‘pchilar» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab 9-daqiqada Madueke hisobni ochdi. Tanaffusga qadar Gokeresh farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘lim oxirida mezbonlar Novakning goli bilan farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu natijadan so‘ng Arteta jamoasi turnir jadvalida 10 ochko bilan 3-o‘ringa chiqdi. «Slaviya» esa 1 ochko to‘plab, 34-pog‘onada.
YECHL. 4-tur
Slaviya — Arsenal 1:2
Gollar: Novak 90 – Madueke 9, Gokeresh 38
Slaviya – Domchak, Vlchek (Konechni, 61), Golesh, Zima, Kubyak, Suleyman (Xitil, 46), Shturm, Ayaosi (Yurasek, 71), Mozes (Xaloupek, 81), Sadilek, Novak.
Arsenal – Rayya, Uayt (Timber, 78), Konsa (Moskera, 62), Gabriel, Inapkiye, Madueke (Doumen, 90+3), Subimendi, Merino, Rays, Eze (Solis, 62), Gokeresh (Edegor, 78).