locale OZ

YECHL. Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda «Siti» «Leypsig»dan ustun keldi

Holand «shaharliklar»ga g‘alaba golini urdi. Natijada Mareska jamoasi umumiy turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Futbol
YECHL. Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda «Siti» «Leypsig»dan ustun keldi
photo: gettyimages
Chempionlar ligasi
04.11.2026, Yak.
Leypsig
2
Manchester Siti
3

Yevropa Chempionlar Ligasi 4-turida «Manchester Siti» Germaniyada «Leypsig» bilan bellashdi. Gollar shousiga aylangan bellashuvda «shaharliklar» 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Lukeba (avtogol), Fernandes va Holand inglizlar safida gollarga mualliflik qildi.

Bu bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov maydonda to‘liq harakat qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Mareska jamoasi ochkolari sonini 9 taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Buqalar» esa 3 ochko bilan 31-o‘rinda.

YECHL. 4-tur
Leypsig – Manchester Siti 2:3
Gollar:
Baku 49, Nusa 61 – Lukeba 37 avtogol, Fernandes 58, Holand 78
Leypsig – Vandervordt, Orban, Kastello, Raum, El Aynaui (Zeyvald, 74), Baumgartner (Nkunku 57), Gruda, Nusa, Banzuzi, Romulo (Gomis 67), Baku
Manchester Siti – Donnarumma, Nunes (Dias, 79), Husanov, Gehi, O'Rayli, Anderson (Buaddi, 83), Fernandes (Kovachich, 83), Foden (Doku, 64), Ndiay (Ellias, 83), Sherki, Holand.
Ogohlantirishlar: Baumgartner 17, Baku 33, El Aynaui 48, Raum 77

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting