locale OZ

Elit OCHL. «Neftchi» «Al Hilol» bilan bahsda kambek qilib, jangovar durang qayd etdi

Islom Ismoilov jamoasi ochkolari sonini 5 taga yetkazib, onlayn jadvalda 9-o‘ringa ko‘tarildi.
Futbol
Elit OCHL. «Neftchi» «Al Hilol» bilan bahsda kambek qilib, jangovar durang qayd etdi
photo: Neftchi FK
Osiyo Chempionlar Ligasi
23.11.2026, Yak.
Neftchi Fargona
2
Al-Hilal
2

OFK Elit Osiyo Chempionlar ligasining 5-turida «Neftchi» o‘z maydonida «Al Hilol»ni qabul qildi. Gollarga boy kechgan bellashuvda 2:2 hisobi qayd etildi.

Birinchi bo‘limda Uotkins va Martinelli gollarga mualliflik qildi. Tanaffusdan so‘ng Abror Ismoilov hisobdagi farqni qisqartirdi. Keyinchalik Akchichek avtogol muallifiga aylandi.

Bu natijadan so‘ng Islom Ismoilov jamoasi ochkolari sonini 5 taga yetkazib, 9-o‘rinda bormoqda. Riyod klubi esa 10 ochko bilan 2-pog‘onada.

Elit OCHL. 5-tur
Neftchi — Al Hilol 2:2
Gollar:
Abror Ismoilov 49, Akchichek 70 avtogol — Olli Uotkins 21, Gabriel Martinelli 28.
23 noyabr, Farg‘ona, «Istiqlol»
Neftchi — Botirali Ergashev, Farrux Sayfiyev, Michel Augusto, Anvar G‘ofurov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Ikrom Aliboyev, Yan Sasse (Kouao, 67), Jamshid Iskanderov (Vladimir Yovovich, 67), Abror Ismoilov (Ratinio, 67), Alisher Odilov (Xurshid G‘iyosov, 81), Markus Forss (Zoran Marushich, 81).
Al Hilol — Bunu, Akchichek, Lajami (Tambakti, 78), Kulibali, Ernandes (Al Harbi, 70), Nevesh, Milinkovich-Savich, Kanno (Al Dovsari, 70), Martinelli, Sammervill, Uotkins.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting