locale OZ

Islom Ismoilov: «Al Hilol»ga qarshi eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini namoyish etmoqchimiz»

«Neftchi» bosh murabbiyi Elit OCHL 5-turidan o‘rin olgan bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Futbol
Islom Ismoilov: «Al Hilol»ga qarshi eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini namoyish etmoqchimiz»
photo: gettyimages
Osiyo Chempionlar Ligasi
23.11.2026, 08.45
Neftchi Fargona
-
Al-Hilal
-

Elit Osiyo Chempionlar ligasi 5-turida «Neftchi» Farg‘onada «Al Hilol»ni qabul qiladi. Bu o‘yin oldidan «chinorlar» bosh murabbiyi Islom Ismoilov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

«Ertaga bizni juda murakkab bahs kutmoqda. «Al Hilol» - Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Raqib tarkibi, futbolchilarning individual mahorati va jamoaning qo‘lga kiritgan yutuqlari xususida ortiqcha to‘xtalmoqchi emasman. Biroq biz ham ushbu turnirda shunchaki qatnashmayapmiz. «Neftchi» o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘ygan, o‘ziga xos xarakter va yuksak ambitsiyalarga ega jamoa. Ertaga shogirdlarimdan maydonda jasorat namoyish etib, so‘nggi daqiqalargacha kurashishlarini hamda farg‘onalik muxlislarni xushnud etishlarini kutamiz. Bu yo‘lda jamoamizning salohiyati yetarli deb hisoblayman. Bo‘lajak bahsga biz to‘liq tayyormiz.

- «Al Hilol» tarkibida tajribali o‘yinchilar ko‘p. Ayni paytda raqibning aynan qaysi jihatlari sizni ko‘proq havotirga solmoqda?

- Raqib xususida yuqorida ham aytdim. «Al Hilol» kuchli jamoa va buni e’tirof etish lozim. Biroq raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, biz har qanday, jumladan, kuchli jamoalarga qarshi bahslarda ham faqat himoyalanish bilan cheklanmasdan, o‘zimizga xos yuqori pressing va vertikal futbol uslubini qo‘llashga intilamiz. Bilasiz, har bir jamoaning kuchli va ojiz tomonlari bo‘ladi. Bundan unumli foydalanishga e’tibor beriladi. Ammo na jamoada, na menda hech qachon qo‘rquv bo‘lmaydi. Biz raqibga doimo hurmat bilan yondashamiz, biroq maydonga o‘zimizga bo‘lgan ishonch bilan chiqamiz. Shu bois hozirgi vaziyatda «Al Hilol»ning aynan qaysidir bir jihati meni xavotirga solmoqda, deya olmayman.

- Raqib jamoa haqida OAVda rosa yozishmoqda. Turli ko‘rsatkichlar solishtirilmoqda. Bu borada futbolchilaringizga qanday ko‘rsatmalar beryapsiz?

- Maydonda futbolchilarning transfer qiymati, klubning avvalgi natijalari yoki maqomi emas, balki jamoaning o‘zi kurashadi va uchrashuv boshlangach, bu omillar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Zero, futbol – jamoaviy o‘yin. Yuqorida aytganimdek, biz ushbu o‘yinga jismonan va ruhan tayyormiz. Ertaga eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini namoyish etamiz. Har bir bellashuvdagi bosh maqsadimiz – g‘alaba qozonish. Yuqorida ta’kidlaganimdek, raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, hech kimdan cho‘chimaymiz, barchani hurmat qilamiz, ammo maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz.

- Superligada jamoa chempionlik masalasini deyarli hal qildi. Bu orqali Elit OCHL yo‘llanmasiga ham ega bo‘ldi. Futbolchilarning ertangi o‘yinga ruhiy tayyorgarligi qay darajada?

- Hozir siz «deyarli» so‘zini ishlatdingiz. Lekin biz hali rasman chempion emasmiz. Bundan tashqari, kelasi mavsumdagi ishtirokimiz ham hozircha aniq emas. Shu bois keyingi yil haqida fikr bildirishga hali erta. Besh tur avval ham bizni chempion deb atashgan edi, biroq chempionlik hali qo‘lga kiritilgani yo‘q. Rasmiy natija e’lon qilinmagunicha bunday gaplarga ishonmaymiz. Yana aytaman, ertangi bahs juda mas’uliyatli bahs. Buni juda yaxshi anglab turibmiz», - dedi Ismoilov.- Raqib xususida yuqorida ham aytdim. «Al Hilol» kuchli jamoa va buni e’tirof etish lozim. Biroq raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, biz har qanday, jumladan, kuchli jamoalarga qarshi bahslarda ham faqat himoyalanish bilan cheklanmasdan, o‘zimizga xos yuqori pressing va vertikal futbol uslubini qo‘llashga intilamiz. Bilasiz, har bir jamoaning kuchli va ojiz tomonlari bo‘ladi. Bundan unumli foydalanishga e’tibor beriladi. Ammo na jamoada, na menda hech qachon qo‘rquv bo‘lmaydi. Biz raqibga doimo hurmat bilan yondashamiz, biroq maydonga o‘zimizga bo‘lgan ishonch bilan chiqamiz. Shu bois hozirgi vaziyatda «Al Hilol»ning aynan qaysidir bir jihati meni xavotirga solmoqda, deya olmayman.

- Raqib jamoa haqida OAVda rosa yozishmoqda. Turli ko‘rsatkichlar solishtirilmoqda. Bu borada futbolchilaringizga qanday ko‘rsatmalar beryapsiz?

- Maydonda futbolchilarning transfer qiymati, klubning avvalgi natijalari yoki maqomi emas, balki jamoaning o‘zi kurashadi va uchrashuv boshlangach, bu omillar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Zero, futbol – jamoaviy o‘yin. Yuqorida aytganimdek, biz ushbu o‘yinga jismonan va ruhan tayyormiz. Ertaga eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini namoyish etamiz. Har bir bellashuvdagi bosh maqsadimiz – g‘alaba qozonish. Yuqorida ta’kidlaganimdek, raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, hech kimdan cho‘chimaymiz, barchani hurmat qilamiz, ammo maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz.

- Superligada jamoa chempionlik masalasini deyarli hal qildi. Bu orqali Elit OCHL yo‘llanmasiga ham ega bo‘ldi. Futbolchilarning ertangi o‘yinga ruhiy tayyorgarligi qay darajada?

- Hozir siz «deyarli» so‘zini ishlatdingiz. Lekin biz hali rasman chempion emasmiz. Bundan tashqari, kelasi mavsumdagi ishtirokimiz ham hozircha aniq emas. Shu bois keyingi yil haqida fikr bildirishga hali erta. Besh tur avval ham bizni chempion deb atashgan edi, biroq chempionlik hali qo‘lga kiritilgani yo‘q. Rasmiy natija e’lon qilinmagunicha bunday gaplarga ishonmaymiz. Yana aytaman, ertangi bahs juda mas’uliyatli bahs. Buni juda yaxshi anglab turibmiz», - dedi Ismoilov.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting