Endrik jarohati sababli «Real»ning yaqin o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi
Madridning «Real» klubi qanot hujumchisi Endrik jarohati sababli jamoaning yaqin o‘yinlarida maydonga tusha olmaydi. Bu haqda «qaymoqranglilar» matbuot xizmati rasmiy sayti orqali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tibbiy tekshiruvdan so‘ng 20 yoshli futbolchining chap oyog‘idagi yaqinlashtiruvchi mushaklardan jarohat olgani aniqlangan. Braziliyalik futbolchining qachon safga qaytishi hozircha ma’lum qilinmagan.
Endrik joriy mavsumda «Real» safida barcha musobaqalar doirasida 8 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, «Real» navbatdagi uchrashuvini 24-noyabr, seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida PSVga qarshi o‘tkazadi. Madridliklar o‘z maydonida Niderlandiya klubini qabul qiladi.