«Barselona»ning «Sabah»ga qarshi bahs uchun qaydnomasi e’lon qilindi
19 yoshli qanot hujumchisi Lamin Yamal qaydnomadan o‘rin olmagan.
Futbol
Foto: Getty Images
"Barselona" matbuot xizmati Ozarbayjonning "Sabah" klubiga qarshi bo‘lajak Chempionlar ligasi uchrashuvida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Qayd etish joizki, kataloniyaliklarning 19 yoshli qanot hujumchisi Lamin Yamal qaydnomadan o‘rin olmagan. U La Liganing "Vilyarreal"ga qarshi so‘nggi uchrashuvida (3:2) jarohat olgan edi.
"Barselona"ning qaydnomasi:
Joan Garcia, Shesni — Kanselu, Balde, Kubarsi, Martin, Kunde, Erik Garcia, Kampos — Farinyas, Gavi, Fermin, Pedri, Olmo, de Yong, Bernal — Jezus, Rafinia, Adeyemi, Gordon, Bisivu.
Chempionlar ligasining beshinchi turi doirasidagi "Sabah" va "Barselona" o‘rtasidagi uchrashuv 25-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.