locale OZ

U-17 JCh. O‘zbekiston Yamaykaga 6 ta gol urdi

Suhrob Sadirjonov xet-trik qayd etdi.
Futbol
U-17 JCh. O‘zbekiston Yamaykaga 6 ta gol urdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston (3) o‘smirlar jamoasi Jahon chempionatining 2-turida Yamayka (0)ga qarshi maydonga tushib, 8 ta gol urilgan bahsda yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Sergev Chigodaev jamoasida Suhrob Sadirjonov xet-trik qayd etdi, Laziz Abduraimov, Amirkhon Erkinov va Ahror Ravshanbekov ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

E guruhining ikkinchi bahsida ilk turda g‘alaba qozongan jamoalar — Italiya va Kot-d’Ivuar o‘zaro to‘qnash kelmoqda. O‘zbekiston 26-noyabr kuni so‘nggi turda italiyaliklar bilan o‘ynaydi.

2-tur doirasida F guruhida Tojikiston (3) Xorvatiyadan (4) javobsiz 4 ta to‘p o‘tkazib yubordi. H guruhida esa Ispaniya (6) Fijiga (0) 15 ta gol urdi va muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

U-17 JCh. E guruhi. 2-tur
O‘zbekiston — Yamayka
6:2
Gollar: Laziz Abduraimov (9), Suhrob Sadirjonov (31, 47, 58), Amirkhon Erkinov (79), Ahror Ravshanbekov (90+2) — Braun (8, 25).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting