«Real» Valverde bilan kelishuvga erishdi — manba
Madridning «Real» klubi yangi o‘yinchilar bilan shartnoma imzolashda davom etmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Avvalroq «qaymoqranglilar» darvozabon Tibo Kurtua, shuningdek, yarimhimoyachilar Orelyen Tchuameni va Arda Gyuler bilan yangi bitim imzolagan edi.
Manbaga ko‘ra, endi navbat urugvaylik Federiko Valverdega kelgan.
«Fede Valverde «Real» bilan 2031-yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolaydi. Barcha masalalar hal etilgan», — deb yozdi Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Federiko Valverde 2016-yilning yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Yarimhimoyachi Urugvayning «Penarol» klubidan transfer qilinganidan so‘ng madridliklar yoshlar jamoasiga qo‘shilgan. 2017/18-yilgi mavsumni esa ijara asosida «Deportivo» safida o‘tkazgan.