locale OZ

Elit OCHL. «Neftchi» yulduzlarga boy «Al-Hilol»dan ochko oldi

“Neftchi” ochkolarini 5 taga yetkazgan holda turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Futbol
Elit OCHL. «Neftchi» yulduzlarga boy «Al-Hilol»dan ochko oldi
Фото: Нефтчи ПФК

Bugun, 23 noyabr kuni Elit Osiyo chempionlar ligasining 5-turi doirasida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubini qabul qildi. Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Mehmonlar safida Olli Uotkins 21-daqiqada hisobni ochdi. Oradan yetti daqiqa o‘tib, Gabriel Martinelli “Al Hilol”ning ikkinchi golini kiritdi. Birinchi bo‘lim 0:2 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 50-daqiqada Abrorbek Ismoilov farqni qisqartirdi. Keyinchalik Alisher Odilovning goli ofsayd sabab bekor qilindi. 70-daqiqada esa “Al Hilol” himoyachisi Yusuf Akchichek o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi va “Neftchi” hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakuniga qadar ushbu hisob saqlanib qoldi.

Shu tariqa, “Neftchi” Elit Osiyo chempionlar ligasidagi ochkolarini 5 taga yetkazgan holda turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting