Eldor Shomurodovning birinchi murabbiyi: \"Shomurodov Turkiyaga borgani yaxshi\"


So‘nggi paytlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning "Roma"dan boshqa klubga o‘tishi haqida ko‘plab xabarlar chiqmoqda.
Unga Turkiyaning "Istanbul Basaksehir", Fransiyaning "Rennes", Italiyadan esa "Cremonese" klublari qiziqmoqda, degan yangiliklar paydo bo‘ldi. Sports24.uz sayti Shomurodovning "Mash’al" akademiyasidagi birinchi murabbiyi Otajon Avezovdan bu vaziyat haqida intervyu oldi.
- Eldor Shomurodovning birinchi murabbiyi sifatida unga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz? Qaysi klubga o‘tgani yaxshi?
- Saytlardan yangiliklarni o‘qib boryapman. Turkiyadan, Fransiyadan, Italiyadan ham qiziqishlar borligidan xabarim bor. Shaxsiy fikrimcha, Eldor hozir "Roma"dan ketgani yaxshi.
- Nega?
- Sababi klubga yangi murabbiy keldi va endi Shomurodov asosiy tarkibga munosib ekanini isbotlashi kerak bo‘ladi. O‘tgan mavsumni eslang, birinchi davrada deyarli maydonga tushmadi, imkon berishmadi. Qishda hattoki boshqa klubga ijaraga o‘tishga yaqin edi. Yanvar oyida Ranieri kelgach, unga imkon berdi va ketma-ket gollar urib asosiy tarkib futbolchisi ekanini isbotlagandi. Oyning eng yaxshi futbolchisi ham bo‘ldi. Agar "Roma"da qolsa yana shu narsa takrorlanishi mumkin, keyingi yil yozda esa bizni Jahon chempionati kutmoqda. Eldor terma jamoamiz sardori, shu sababli mundialga yaxshi formda borishi uchun o‘z klubida asosiy tarkibda o‘ynashi zarur.
Shu bois menga qolsa Turkiya klubiga o‘tganini afzal deb bilaman. "Basaksehir" yaqinda Krzysztof Piontekni Qatarga katta pulga sotdi. Bilishimcha, klub aynan uning o‘rniga Shomurodovni olib kelmoqchi. Eldorning o‘zi bilan gaplashganimda ham Turkiya varianti ustunroq ekanini aytdi.
- Italiyadan va Fransiyadan ham takliflar borku…
- Fransiyaga borish demak bu yangi mamlakat, yangi muhit degani. Menimcha u Italiyadagi o‘rtamiyona yoki autsayder klubda o‘ynashdan charchadi. Masalan, "Cremonese" endigina A seriyaga chiqdi. U yerda jamoa yangitdan tuzilsa kerak, bu esa yarim yil futbolchilar o‘zaro til topishishi kerak degani. Autsayder klublarda hujumchi gol urish uchun juda kam imkoniyatga ega bo‘ladi. Hujumchi gol urmasa tanqid ostida qolaveradi.

Futbol
Bugun da 15:36

Futbol
Bugun da 13:31

Futbol
Bugun da 09:57