locale OZ

“Manchester Yunayted”ning 16 yoshli iste’dodi “Real Madrid”ga o‘tishga yaqin

Tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgan va yaqin kunlarda shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Futbol
“Manchester Yunayted”ning 16 yoshli iste’dodi “Real Madrid”ga o‘tishga yaqin
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” akademiyasining eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan biri JJ Gabriel ingliz klubini tark etishini rasman ma’lum qildi. Bu haqda FootballTransfers nashri xabar bermoqda.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 16 yoshli futbolchi faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishga qaror qilgan. Tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgan va yaqin kunlarda shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Gabrielning xizmatlariga Angliya, Fransiya va Germaniyaning bir qator klublari ham qiziqish bildirgan. Biroq yosh hujumchi madridliklar taklif qilgan loyihani ma’qul ko‘rgan.

Ma’lumot uchun, Gabriel dastlab “Real Madrid”ning ikkinchi jamoasi — “Kastilya” safida to‘p surishi, keyinchalik esa Joze Mourinyo boshchiligidagi asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb qilinishi kutilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting