Vladimir Klichko 50 yoshida professional boksga qaytishi mumkin
Promouter Aleksandr Krasyukning ma’lum qilishicha, ukrainalik bokschi jahon chempionligi uchun jang qilish imkoniyati yaratilgan taqdirda yana ringga chiqishga tayyor.
Boks
Foto: Getty Images
Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko professional boksga qaytish imkoniyatini hali ham ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Boxing News nashri xabar bermoqda.
Promouter Aleksandr Krasyukning ma’lum qilishicha, ukrainalik bokschi jahon chempionligi uchun jang qilish imkoniyati yaratilgan taqdirda yana ringga chiqishga tayyor.
Krasyuk 50 yoshli Klichko muntazam mashg‘ulot olib borayotgani va ajoyib jismoniy formada ekanini ta’kidlagan. Agar ukrainalik bokschi qaytib, chempionlikni qo‘lga kiritsa, boks tarixidagi eng keksa jahon chempioniga aylanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Vladimir Klichko professional faoliyatidagi so‘nggi jangini 2017-yilda britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi o‘tkazgan edi.