“Arsenal” bir vaqtning o‘zida to‘rt nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, londonliklar Deklan Rays, David Raya, Yurriyen Timber va Pyero Inkapye bilan yangi kelishuvlar ustida ish olib bormoqda.
Futbol
Foto: Getty Images
Londonning “Arsenal” klubi jamoaning bir qator yetakchi futbolchilari bilan yangi shartnomalar imzolashga tayyorlanmoqda. Bu haqda FootballTransfers nashri xabar bermoqda.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, londonliklar Deklan Rays, David Raya, Yurriyen Timber va Pyero Inkapye bilan yangi kelishuvlar ustida ish olib bormoqda.
Xususan, ispaniyalik darvozabon Raya bilan 2030-yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Yangi shartnoma asosida uning maoshi ham oshirilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” rahbariyati Martin Edegor va Rikkardo Kalafiori bilan ham yangi shartnomalar imzolashni rejalashtirmoqda. Klub shu tariqa jamoaning asosiy tarkibini uzoq muddatga saqlab qolish niyatida.