Turkiya Superligasi. «Bashakshehir» mehmonda «Goztepe»dan ustun keldi
Eldor Shomurodov 86 daqiqa maydonda harakat qildi, Abbos Fayzullayev esa zaxirada qoldirildi.
Futbol
photo: gettyimages
Turkiya Superligasi
07.11.2026, Yak.
Goztepe
1
Istanbul Bashakshahar
2
Turkiya chempionatining 11-turida «Bashakshehir» safarda «Goztepe» bilan to‘qnash keldi. Unda istanbulliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 86-daqiqada zaxiraga olindi. Abbos Fayzullayev esa zaxirada qoldirildi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Istanbul Bashakshehir» ochkolari sonini 17 taga yetkazib, 7-o‘rinda. «Goztepe» esa 15 ochko bilan 10-pog‘onada.
Turkiya Superligasi. 11-tur
Goztepe — Bashakshehir 1:2
Gollar: Xuan 18 – Zelke 22, Viska 83
Bashakshehir — Deniz, Ali, Emin, Karbovnik, Ba, Kaluzinski (Ergun, 78), Kemen, Brnich (Viska, 66), Olsen, Zelke (Yildirim, 66), SHOMURODOV (Opoku, 86).