PSJ Lamin Yamal uchun futbol tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirmoqchi
Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi "Barselona"ning ispaniyalik yulduzi Lamin Yamalni o‘z safiga qo‘shib olish uchun rekord miqdorda mablag‘ sarflashga tayyorlanmoqda. Bu haqda Sport.ua nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Parij klubi rahbariyati yosh futbolchining transferi uchun taxminan 230 million yevro taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. "PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfiy ham ushbu transferdan shaxsan manfaatdor ekani aytilmoqda. Fransuz klubi Yamalni jamoaning kelajakdagi asosiy yulduzi sifatida ko‘rmoqda.
Agar mazkur transfer amalga oshsa, Lamin Yamal futbol tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi. Biroq "Barselona" tarbiyalanuvchisini qo‘lga kiritish parijliklar uchun oson kechmasligi mumkin. Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlangani yoki futbolchiga aniq taklif yuborilgani tasdiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, futbol tarixidagi eng qimmat transfer 2017-yilda amalga oshirilgan. O‘shanda "PSJ" braziliyalik hujumchi Neymarni "Barselona"dan sotib olish uchun 222 million yevro to‘lagan edi.