locale OZ

Alexandro Balde qishda “Barselona”ni tark etishi mumkin

Hozircha transfer bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Futbol
Alexandro Balde qishda “Barselona”ni tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi chap qanot himoyachisi Alexandro Baldening jamoadagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Bu haqda FootballTransfers nashri xabar bermoqda.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, futbolchining agenti Jorje Mendesh Barselonaga yetib kelib, himoyachining kelajagi yuzasidan muzokaralar olib borgan.

Kataloniyaliklar yozgi transfer oynasida ham Baldeni sotishga tayyor bo‘lgan, biroq futbolchining o‘zi jamoada qolishni istagan. O‘sha vaqtda klub himoyachining transferini 50–55 million yevroga baholagan.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Baldening qishki transfer oynasida jamoani tark etishi uning yaqin haftalarda qancha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga ham bog‘liq. Hozircha transfer bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting