locale OZ

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi sakkiz yillik faoliyatini yakunladi

58 yoshli mutaxassis dastlab 2027-yilgi Osiyo kubogi yakuniga qadar jamoani boshqarishi kerak edi.
Futbol
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi sakkiz yillik faoliyatini yakunladi
Foto: Getty Images

Yaponiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Hadzime Moriyasu sakkiz yillik faoliyatidan so‘ng o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

58 yoshli mutaxassis dastlab 2027-yilgi Osiyo kubogi yakuniga qadar jamoani boshqarishi kerak edi. Biroq musobaqa muddatining o‘zgartirilishi uning faoliyati ertaroq yakunlanishiga sabab bo‘ldi.

Moriyasu boshqaruvida yaponiyaliklar ikki bor jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Shuningdek, jamoa Germaniya, Ispaniya, Angliya va Braziliya kabi futbol grandlari ustidan tarixiy g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Moriyasu Yaponiya terma jamoasini jami 113 ta uchrashuvda boshqargan. Uning o‘rnini Ko Oiva egallashi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting