Messi va Ronaldu yana nufuzli individual sovrinlarga da’vogarlik qilmoqda
Jahon futbolining ikki afsonasi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu 2026-yilning eng yaxshi futbolchilarini aniqlash maqsadida tashkil etiladigan Globe Soccer Awards mukofotiga nomzodlar qatoridan o‘rin oldi. Bu haqda Gulf News nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun Lionel Messi, Kilian Mbappe, Lamin Yamal, Erling Holand, Harri Keyn va amaldagi sovrin sohibi Usmon Dembele kabi yulduzlar kurash olib boradi. Krishtianu Ronaldu esa Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida ketma-ket to‘rtinchi bor g‘olib chiqishga da’vogarlik qilmoqda.
Mukofot g‘oliblarini aniqlashda futbol muxlislari ham ishtirok etadi. Ovoz berishning dastlabki bosqichi 30-noyabrga qadar davom etadi. Keyingi bosqichda muxlislarning ovozlari maxsus hakamlar hay’ati tomonidan berilgan ovozlar bilan birlashtiriladi.
Ma’lumot uchun, Globe Soccer Awards mukofotining 17-taqdirlash marosimi 28-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi. Tadbir davomida Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchilari ham taqdirlanadi.