“Bavariya” Maykl Oliseni hatto 300 million yevroga ham sotmoqchi emas
Myunxenning “Bavariya” klubi prezidenti Herbert Hayner fransiyalik hujumchi Maykl Olisening “Real Madrid”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Klub rahbari futbolchi uchun hatto 250–300 million yevrolik taklif kelib tushgan taqdirda ham uni sotish niyatida emasligini ta’kidlagan.
Shuningdek, Hayner Madridda Florentino Peres bilan uchrashganida Olisening kelajagi haqida ham suhbatlashganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Real Madrid” prezidenti futbolchi yoki uning agenti bilan muzokaralar olib borilmaganini aytgan.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli fransiyalik futbolchining “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Myunxenliklar uni uzoq yillar davomida jamoa tarkibida saqlab qolmoqchi.