locale OZ

Dillian Uayt Joshua va Fyuri jangida nokaut bo‘lishini taxmin qilmoqda

Entoni Joshua va Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang 11-dekabr kuni Kardiff shahridagi “Principality” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Boks
Dillian Uayt Joshua va Fyuri jangida nokaut bo‘lishini taxmin qilmoqda
Foto: Getty Images

Britaniyalik og‘ir vazn toifasi vakili Dillian Uayt Entoni Joshua va Tayson Fyuri o‘rtasidagi uzoq kutilgan jang haqida fikr bildirdi. Bu haqda Boxing News nashri xabar bermoqda.

Har ikki bokschiga qarshi ringga chiqqan Uaytning fikricha, bo‘lajak bahs besh raunddan ortiq davom etmasligi mumkin. U hatto birinchi raunddayoq nokaut yuz berishi ehtimolini istisno qilmadi.

Britaniyalik sportchi Fyurining tezligi avvalgiga nisbatan pasayganini, Joshuaning himoyasida esa zaif jihatlar borligini ta’kidladi. Uning fikricha, aynan shu omillar jangning yanada tomoshabop o‘tishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Entoni Joshua va Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang 11-dekabr kuni Kardiff shahridagi “Principality” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting