locale OZ

Ispaniya futboli afsonasi Rodrining nega “Real”ni tanlamagani haqida gapirdi

2008-yilgi Yevropa chempioni Rodrining qarorini to‘liq tushunishini va uning o‘yin uslubi Kataloniya klubiga juda mos kelishini ta’kidladi.
Boshqa sport turlari
Ispaniya futboli afsonasi Rodrining nega “Real”ni tanlamagani haqida gapirdi
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Markos Senna Rodrining “Real Madrid” o‘rniga “Barselona”ni tanlaganiga munosabat bildirdi. Bu haqda Barca Blaugranes nashri xabar bermoqda.

2008-yilgi Yevropa chempioni Rodrining qarorini to‘liq tushunishini va uning o‘yin uslubi Kataloniya klubiga juda mos kelishini ta’kidladi.

Sennaning fikricha, Rodri dunyoning istalgan jamoasida muvaffaqiyatli o‘ynay oladi. Biroq “Barselona”ning to‘p nazoratiga asoslangan futboli yarim himoyachiga o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish etish uchun qulay sharoit yaratadi.

Ma’lumot uchun, Senna Lamin Yamalning iqtidorini ham yuqori baholab, yosh futbolchi ertami-kechmi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishiga ishonch bildirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting