locale OZ

Zinedin Zidan: «Maqsadimizga erishdik, ammo o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak»

Zinedin Zidan Millatlar ligasi doirasida Turkiyaga qarshi kechgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Zinedin Zidan: «Maqsadimizga erishdik, ammo o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak»
photo: gettyimages
UEFA Millatlar ligasi. A liga
15.11.2026, Yak.
Fransiya
2
Turkiya
1

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar ligasi doirasida Turkiyaga qarshi kechgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Qayd etish joiz, ushbu g‘alaba orqali Fransiya guruhda birinchi o‘rinni egallab, chorakfinal bosqichiga yo‘l oldi.

«Maqsadimiz pley-offga chiqish va guruhda birinchi o‘rinni egallash edi. Biroq birinchi bo‘limda jamoamizning pressing qilishi meni qoniqtirmadi. Raqibga bo‘sh hududlar qoldirdik. Tanaffusda xatolarimizni tuzatib, ikkinchi bo‘limda ancha yaxshiroq o‘ynadik.

Muammo faqat himoyachilarda emas. Butun jamoa birgalikda pressing qilishi va to‘pni ko‘proq nazorat qilishi kerak. Biz to‘psiz emas, to‘p bilan o‘ynashni afzal ko‘ramiz. Ikkinchi bo‘limda bu jihat ancha yaxshi namoyon bo‘ldi.

Vaziyatlar yaratdik, ammo dastlabki daqiqalarda aniqlik va ishonch yetishmadi. Eng muhimi, ikkita gol urdik. Futbolchilar bor kuchini ishga soldi.

Endi dam olamiz va mart oyida chorakfinalda qaysi raqibga qarshi maydonga tushishimizni kutamiz», — dedi Zidan TF1 telekanaliga bergan intervyusida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting