locale OZ

PSJ Arda Gyulerga yiliga 15 million yevro maosh taklif qilishi mumkin

Parijliklar turkiyalik futbolchiga amaldagi maoshidan uch baravar ko‘p haq to‘lashga tayyor.
Futbol
PSJ Arda Gyulerga yiliga 15 million yevro maosh taklif qilishi mumkin
photo: gettyimages

Fransiyaning «PSJ» klubi Madridning «Real» jamoasi yarimhimoyachisi Arda Gyulerni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Parijliklar turkiyalik futbolchiga amaldagi maoshidan uch baravar ko‘p haq to‘lashga tayyor.

Ispaniyaning El Nacional nashri xabariga ko‘ra, «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi Arda Gyulerni jamoaning yangi yetakchi yulduzlaridan biriga aylantirmoqchi. Fransiya grandi futbolchining «Real» bilan shartnomasi bo‘yicha yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, uni Parijga olib kelishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, «PSJ» Gyulerni u «Fenerbahche» safida to‘p surgan davridayoq qo‘lga kiritishga harakat qilgan. Endilikda parijliklar turkiyalik yarimhimoyachi uchun kurashga yana qaytishi mumkin.

Ayni paytda Arda Gyuler «Real»da yiliga taxminan 5 million yevro maosh oladi. Manba ma’lumotiga ko‘ra, agar futbolchi «PSJ» safiga qo‘shilsa, uning yillik maoshi 15 million yevroga yetishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti jamoani tark etganidan keyin 21 yoshli yarimhimoyachi «Real»ning asosiy tarkibidan mustahkam o‘rin egalladi. U joriy mavsumda madridliklar safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, «Real» Arda Gyulerni 2023-yil yozida «Fenerbahche»dan 30 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting