Tomas Tuhel: «Ispaniyadan yaxshiroq o‘ynadik va g‘alabaga to‘liq loyiq edik»
Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuhel Millatlar ligasi doirasida Ispaniyaga qarshi kechgan va 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Umuman olganda, ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Raqibdan yaxshiroq harakat qildik va uchrashuv boshidan oxirigacha yuqori saviyani namoyish etdik.
Qizil kartochka va penalti — jiddiy qarorlar. Nima sababdan bitta vaziyat uchun ikkita jazo qo‘llanganini tushunib olishim kerak.
Keyingi 30 daqiqa bizga juda uzoq tuyuldi. Biroq bu masalaga ortiqcha to‘xtalmoqchi emasman. 60-daqiqagacha ko‘rsatgan o‘yinimizda ijobiy jihatlar ko‘p bo‘ldi. Biz g‘alabaga to‘liq loyiq edik.
Bizga mukammal o‘yin namoyish etish kerakligini bilardik va buning uchun bor kuchimizni berdik. To‘p bilan dadil, to‘psiz esa sabr bilan harakat qildik.
Raqib maydonida faol pressing uyushtirdik, o‘z hududimizda esa bo‘sh zonalarni yopdik. Jamoaviy ruh, kuch-g‘ayrat va futbol sifati eng yuqori darajada bo‘ldi», — dedi Tuhel ITV telekanaliga bergan intervyusida.