locale OZ

Luis de la Fuente: «Mag‘lubiyatga qaramay, futbolchilarimdan faxrlanaman»

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Millatlar ligasi doirasida Angliyaga qarshi kechgan va 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Luis de la Fuente: «Mag‘lubiyatga qaramay, futbolchilarimdan faxrlanaman»
photo: gettyimages
UEFA Millatlar ligasi. A liga
15.11.2026, Yak.
Ispaniya
2
Angliya
3

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Millatlar ligasi doirasida Angliyaga qarshi kechgan va 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Futbolchilarimdan faxrlanaman va ulardan minnatdorman. Avvalgi yutuqlarimizni qadrlashimiz kerak. Bizdan keyingi avlodlar bu natijalardan ham yuqoriroq marralarni zabt etishga intilsin. G‘alaba qozonishni ham, mag‘lubiyatni munosib qabul qilishni ham bilish lozim.

Dastlabki 30 daqiqada raqib ustunlik qildi va bizni o‘z maydonimizga qamab qo‘ydi. Hisobning 0:3 ko‘rinishiga kelishi biz uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Shunga qaramay, hujumga o‘tishga harakat qildik.

Uchrashuv boshidanoq muammolarga duch keldik. Mark Pubilning to‘pig‘i, Pau Kubarsi va Martin Subimendining mushaklari bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi.

Keyinchalik taktikamizni o‘zgartirdik va futbolchilar bor kuchini ishga soldi. Hech bo‘lmaganda durangga erisha olmaganimiz achinarli. Shunday bo‘lsa-da, bu ajoyib jamoadan faxrlanaman», — dedi murabbiy Teledeporte telekanaliga bergan intervyusida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting