locale OZ

«Yuventus» tarixiy natijani qayd etdi

Turin klubi 10 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rindan joy olgan.
Futbol
«Yuventus» tarixiy natijani qayd etdi
Фото: Getty Images

«Yuventus» Yevropa ligasi umumiy bosqichining 4-turida «AZ Alkmaar» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Luciano Spalletti shogirdlariga g‘alabani birinchi bo‘limda Teun Koopmeiners va Randal Kolo-Muani tomonidan kiritilgan gollar taqdim etdi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, turinliklar 1999/2000-yilgi mavsumdan buyon ilk bor Yevropa musobaqalaridagi dastlabki to‘rtta uchrashuvda 10 tadan ortiq gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni vaqtda jamoa hisobida 11 ta gol mavjud.

«Yuventus» 10 ochko bilan umumiy bosqich turnir jadvalining beshinchi pog‘onasidan joy olgan. Keyingi turda italiyaliklar o‘z maydonida Kiprning «Omoniya» klubini qabul qiladi. Uchrashuv 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting