Vinisius Chempionlar ligasida salbiy ko‘rsatkich qayd etdi
Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Juniorning o‘yinlari muxlislar va mutaxassislarning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Braziliyalik futbolchi avgust oyidan buyon gol ura olmayapti. Shuningdek, u o‘zining odatdagi yorqin o‘yinini ham namoyish eta olmayapti.
Madrid Zone nashrining ta’kidlashicha, 26 yoshli futbolchi Chempionlar ligasidagi so‘nggi uchta uchrashuvda birorta ham muvaffaqiyatli dribling amalga oshira olmagan. Bu uning «Real» safidagi faoliyati davomida qayd etgan eng yomon ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Vinisius Junior 2018-yilda Braziliyaning «Flamengo» klubidan «Real»ga ko‘chib o‘tgandi. O‘tgan yozda yulduz futbolchi madridliklar bilan 2032-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Chorshanba kuni AEKka qarshi bahsda Vinisius 82 daqiqa maydonda harakat qildi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.