Rasman: «Bavariya» Keyn bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytirdi
Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchi Harri Keyn bilan yangi shartnoma imzolanganini rasman maʼlum qildi.
33 yoshli angliyalik futbolchining yangi kelishuvi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Qayd etish lozim, Keyn 2023 yilda «Tottenhem»dan 95 million yevro evaziga «Bavariya»ga koʻchib oʻtgan edi. Oʻshandan buyon u myunxenliklar hujumining asosiy yetakchilaridan biriga aylandi.
Hujumchi Germaniya klubi safida barcha musobaqalar doirasida 161 uchrashuv oʻtkazib, 156 ta gol urdi va 41 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuningdek, Harri «Bavariya» bilan ikki marta Bundesliga gʻolibi boʻlgan. Bundan tashqari, u Germaniya kubogi va ikki marta mamlakat Superkubogini qoʻlga kiritgan.
Qolaversa, angliyalik futbolchi 2026 yilda faoliyatida ilk bor «Oltin toʻp» mukofotiga sazovor boʻldi.