Kurtua Mbappening 2027 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishiga ishonmoqda
Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua Kilian Mbappe kelasi yili kutilayotgan «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritishiga ishonmoqda.
Fransiyalik hujumchi joriy yilgi ovoz berish natijalariga ko‘ra, nufuzli individual mukofotni qo‘lga kiritishga bir qadam qoldi. U Garri Keynga atigi 28 ochko farq bilan yutqazib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
«Mbappe 2027 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Biz ham unga bu borada yordam beramiz — Chempionlar ligasi va La Ligada g‘alaba qozonishga intilamiz», — deya Kurtuaning so‘zlarini Madrid Xtra nashri keltirmoqda.
Kilian Mbappe joriy mavsumda barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Chorshanba kuni AEKka qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvida ham fransuz futbolchisi bitta gol urib, «Real»ning 3:2 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.