«Real» Kurtuaga o‘rinbosar sifatida Bart Verbruggenni ko‘rmoqda
«Real» klubi «Brayton» darvozaboni Bart Verbruggenning harakatlarini kuzatib bormoqda. Bu haqda jurnalist Ben Fernandes Santos xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Qirollik klubi» 24 yoshli niderlandiyalik darvozabonni Tibo Kurtuaning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Biroq bu transfer yaqin orada amalga oshishi kutilmayapti. Sababi, «Real» hozircha «Brayton» bilan muzokara olib bormayapti. Qolaversa, Madrid klubi yaqin vaqt ichida 34 yoshli Kurtua bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, «Brayton» Verbruggenning transfer qiymatini taxminan 40 million yevro etib belgilagani ta’kidlanmoqda.
Niderlandiyalik darvozabon joriy mavsumda «chaykalar» safida barcha musobaqalar doirasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U ushbu bahslarda o‘z darvozasidan yettita gol o‘tkazib yubordi va o‘n marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.