Yamalning holati qanday? De la Fuente Angliyaga qarshi o‘yin uchun Ispaniya tarkibini e’lon qildi
Uchrashuv yakshanba kuni «Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Futbol
photo: gettyimages
UEFA Millatlar ligasi. A liga
15.11.2026, Yak.
Ispaniya
2
Angliya
3
Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasida Angliyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv uchun asosiy tarkibni e’lon qildi.
Uchrashuv yakshanba kuni «Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ispaniya milliy jamoasi 15 ochko jamg‘argan holda guruhda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi pog‘onadagi Angliya hisobida esa 12 ochko mavjud.
Ushbu uchrashuvda ispaniyaliklar safida Lamin Yamal ham asosiy tarkibda maydonga tushadi. Eslatib o‘tamiz, yosh yulduz jismoniy holati talab darajasida bo‘lmagani sababli Chexiyaga qarshi oldingi tur uchrashuvini o‘tkazib yuborgan edi.

Ispaniya milliy jamoasining Angliyaga qarshi asosiy tarkibi:
- Darvozabon: Unai Simon.
- Himoyachilar: Mark Pubily, Pau Kubarsi, Aymerik Laport, Mark Kukurelya.
- Yarimhimoyachilar: Martin Subimendi, Fabian Ruis, Mikel Merino.
- Hujumchilar: Lamin Yamal, Mikel Oyarzabal, Aleks Baena.