«MYU» Kalvert-Lyuni sotib olishi mumkin
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Фото: Getty Images
«Manchester Yunayted» qishki transferlar oynasida «Lids Yunayted» hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Lids» 29 yoshli hujumchini jamoada saqlab qolmoqchi. Shu bois klub unga yangi shartnoma taklif qilishi mumkin.
Angliyalik futbolchi 2025 yilning yozidan buyon «Lids Yunayted» safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda Kalvert-Lyuin barcha musobaqalar doirasida 10 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etmoqda.