«Manchester Yunayted» Fermin Lopes bo‘yicha so‘rov yubordi
Uning transferi uchun ehtimoliy shartlarni o‘rganmoqda.
Futbol
Фото: Getty Images
«Manchester Yunayted» yaqin kelajakda «Barselona» futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. The Touchline nashri jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar berishicha, «qizil iblislar» kataloniyaliklarning hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes bo‘yicha so‘rov yuborgan.
Ma’lum qilinishicha, Angliya Premer-ligasi grandi ayni paytda Lopes haqida ma’lumot to‘plamoqda va uning transferi uchun ehtimoliy shartlarni o‘rganmoqda.
23 yoshli Fermin Lopesning bozor qiymati nufuzli Transfermarkt portali tomonidan 110 million yevroga baholanmoqda. Yarim himoyachi joriy mavsumda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.