locale OZ

«MYU»ga Balde kerak

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.
Futbol
«MYU»ga Balde kerak
«MYU»ga Balde kerak

«Barselona»ning qanot himoyachisi Alexandro Balde Ispaniya chempionatini tark etib, faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 23 yoshli ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga hamon qiziqish bildirmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi transfer bitimi qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin.

Baldening «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.

Alejandro joriy mavsumda Ispaniya chempionati doirasida uchta uchrashuvda maydonga tushib, bitta sariq kartochka oldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting