locale OZ

Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pepe Ispaniya Kubogi finali bo'yicha prognozi bilan o'rtoqlashdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pepe Ispaniya Kubogi finali bo'yicha prognozi bilan o'rtoqlashdi
Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pepe Ispaniya Kubogi finali bo'yicha prognozi bilan o'rtoqlashdi

Madridning «Real» jamoasi va Portugaliya termasi sobiq himoyachisi Pepe Ispaniya Kubogi finali haqida o'z fikrini bildirdi. Final 26 aprel kuni bo'lib o'tadi, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. Unda «Real Madrid» va «Barselona» to'qnash keladi.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, Pepe quyidagilarni aytdi: «Madrid g'alaba qozonishiga umid qilaman. Ammo bu oson kechmaydi. Mening prognozim — 2:0 „Real“ foydasiga. Gollar muallifi — Valverde va Ryudiger».

Ayni paytda La Ligada «Barselona» 33 turdan so'ng 76 ochko bilan peshqadam. «Real» 4 ochkoga orqada. Ikkala klub ham so'nggi uch uchrashuvda g'alaba qozondi:
«Real» — «Alaves»ni (1:0, safarda), «Atletik»ni (1:0, uyda) va «Xetafe»ni (1:0, safarda) mag'lub etdi;
«Barselona» — «Leganes» (1:0, safarda), «Selta» (4:3, uyda) va «Malorka» (1:0, uyda) ustidan zafar quchdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting